Logo

DIQQAT: Isroildagi Oʻzbekiston fuqarolari uchun muhim xavfsizlik eʼloni

Mart 02, 2026. 19:08 • 2 daq

86
DIQQAT: Isroildagi Oʻzbekiston fuqarolari uchun muhim xavfsizlik eʼloni

TEL-AVIV, 2-mart./“Dunyo” AA/ Oʻzbekiston Respublikasining Isroildagi Elchixonasi mamlakatda joriy etilgan “Favqulodda holat” (12-martga qadar) munosabati bilan vatandoshlarimizga shoshilinch murojaat bilan chiqdi.

Isroil hududida vaqtincha boʻlib turgan fuqarolardan shaxsiy xavfsizlik yuzasidan quyidagi qatʼiy qoidalarga rioya qilish soʻraladi:

Xavfsizlik choralari va harakatlanish tartibi

  • Sirena yangraganda: Darhol yaqin atrofdagi bunker yoki boshpanaga kiring. Ochiq hududda qolish va ogohlantirishga beeʼtibor boʻlish hayot uchun xavfli.
  • Tasvirga olish taqiqi: Raketa tushgan joylarni yoki sirena vaqtidagi holatlarni video/fotoga olish qatʼiyan man etiladi. Bu jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
  • Shubhali buyumlar: Nomaʼlum jismlar yoki raketa parchalariga yaqinlashmang va qoʻl tegizmang! Ular portlamagan boʻlishi mumkin. Darhol xavfsiz masofaga oʻtib, xizmatlarga xabar bering.


Maslahat va koʻmak uchun aloqalar

Chet ellik ishchilar har qanday savol boʻyicha Isroil Aholi va immigratsiya boshqarmasi (PIBA) Koll-markaziga bogʻlanishlari mumkin: 1-700-707-889.

Mahalliy tezkor raqamlar:

  • 100 – Politsiya
  • 101 – Tez yordam (Magen David Adom)
  • 102 – Yongʻin-qutqaruv xizmati
  • 104 – Front orti qoʻmondonligi


Vatanga qaytish yoʻnalishi (Misr orqali)

Agar Isroilni tark etish istagi boʻlsa, «Taba/Begin« nazorat-oʻtkazish punkti orqali Misrga oʻtish imkoniyati mavjud:

  1. Hujjatlar: Pasport va zarur hujjatlar joyida boʻlishi shart.
  2. Marshrut: Tabadan Sharm ash-Shayxgacha (270 km) borib, u yerdagi aeroportdan Oʻzbekiston aviakompaniyalari (Uzbekistan Airways, Centrum Air, Qanot Sharq, Air Samarkand) orqali vatanga qaytish mumkin.
  3. Koʻmak: Misr hududida muammo tugʻilsa, Oʻzbekistonning Qohiradagi elchixonasiga bogʻlaning: +20233364516+201281444867.


Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasi bilan aloqa:

Muammo tugʻilganda yoki konsullik yordami zarur boʻlganda quyidagi raqamlarga murojaat qiling:

  • Asosiy raqamlar: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076
  • Favqulodda va shoshilinch (24/7): +972 54 485 1397
  • Telegram kanal: “KONSULLIK XIZMATI”
  • Email: il.uzembassy@mfa.uz
Eslatma: Sizning xavfsizligingiz — asosiy ustuvor vazifa. Faqat rasmiy manbalarga tayaning va ehtiyotkorlikni yoʻqotmang!
Default Avatar

Material muallifi

Shahzoda Kuchkarova

shahzoda@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish