O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari mintaqadagi keskin vaziyat va uning oqibatlarini telefon orqali muhokama qildi
Mart 02, 2026. 18:51 • 40 soniya
• 53
TOSHKENT, 2-mart. /“Dunyo”/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Shahzoda Feysal bin Farhon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”AA muxbiri.
“Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildik, – deb yozdi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘z telegram-kanalida. – Suhbat chog‘ida Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyatni atroflicha muhokama qilib, uning xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlikka taʼsiri yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni rahbariyati va xalqiga yo‘llagan birdamlik so‘zlarini yetkazdik.
Mintaqada keskinlikni pasaytirish, ishonchni mustahkamlash, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash maqsadida diplomatik saʼy-harakatlarni kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi”.
Surat “Dunyo” AA arxividan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
