Logo

O‘zbekiston mahsulotlari Moskvada bo‘lib o‘tgan “Interlakokraska-2026” 30-xalqaro ko‘rgazmasida namoyish etildi

Mart 02, 2026. 18:59 • 54 soniya

105

MOSKVA, 2-mart. /“Dunyo” AA/. Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “Interlakokraska – 2026” 30-xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekistonning “Faravon Maksimum” kompaniyasi ham ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ko‘rgazma doirasida o‘zbek ishlab chiqaruvchilari Rossiyaning lak-bo‘yoq materiallari yo‘nalishidagi texnologiyalar va yetkazib beruvchilari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

Ishtirokchilar elchixona ko‘magida tashkiliy va axborot taʼminoti bilan to‘liq taʼminlandi. O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini taqdim etishi uchun zarur shart-sharoit, ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish, muzokaralarda qatnashish va tegishli masalalarni hal etishida har tomonlama yordam berildi.

Muzokaralar chog‘ida “Faravon Maksimum” kompaniyasi vakillari akril polimer mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha Rossiyaning “NKSS”, “Rogneda”, “NPZ”, “Erismann”, “Rossilber”, “Litakol” va “Raduga” kompaniyalari bilan eksport shartnomalarin imzoladi.

O‘zbek kompaniyasi taqdim etgan ekspozitsiya, ishbilarmonlik dasturlari, turli loyihalar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida kimyo va bo‘yoq sanoati rivojida muhim ahamiyat kasb etdi.

“Interlakokraska” uzoq tarixga ega bo‘lgan, jahon bozorida obro‘ qozongan yirik tarmoq hisoblanadi. Ko‘rgazmada Rossiya va jahonning yetakchi lak-bo‘yoq materiallari va qatlamlari, ularni ishlab chiqarish uchun xomashyo, uskuna va texnologiyalar ishlab chiqaruvchilari ishtirok etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish