Logo

O‘zbekiston va Misr o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalari yanada kengaytiriladi

Mart 02, 2026. 19:05 • 36 soniya

39
O‘zbekiston va Misr o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalari yanada kengaytiriladi

ISKANDARIYA, 2-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Mansurbek Qilichev Misrning Iskandariya shahrida taniqli tadbirkor Odri Kollinz bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida yirik ishbilarmon bilan Iskandariyada tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, turli iqtisodiy va madaniy tadbirlar va biznes-forumlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirokida hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbirkorning korxonalari hududida O‘zbekiston mahsulotlari uchun doimiy shourum yaratish imkoniyatiga to‘xtalib o‘tildi. Ushbu tashabbus O‘zbekiston mahsulotlarini Misr bozorida targ‘ib qilish, savdo hajmini oshirish hamda ikki tomonlama ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish