O‘zbekiston va Ispaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari telefon orqali Madridda ikki tomonlama biznes-forum o‘tkazish bo‘yicha muloqot qildi
Mart 02, 2026. 19:14 • 44 soniya
• 54
TOSHKENT, 2-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Ispaniya tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik masalalari bo‘yicha vaziri Xose Manuel Albares Bueno bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Ispaniya tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik masalalari bo‘yicha vaziri Xose Manuel Albares Bueno bilan telefon orqali mazmunli va konstruktiv muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat jarayonida Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi yuzasidan fikr almashildi, xalqaro huquq normalariga qatʼiy rioya qilish, keskinlikni yumshatish va muloqot barqaror tinchlikka erishishning yagona yo‘li bo‘lib qolayotgani taʼkidlandi.
Ikki tomonlama munosabatlarning izchil rivojlanish masalalari muhokama qilindi. Madrid shahrida bo‘lajak O‘zbekiston–Ispaniya biznes-forumini yuqori saviyada o‘tkazish hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish borasida alohida to‘xtalib o‘tildi”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
