Logo

Eri Arfiya: Ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga o‘z hissamni qo‘shishni istardim

76
Eri Arfiya: Ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga o‘z hissamni qo‘shishni istardim

TOSHKENT, 3-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Eri Arfiya “Dunyo” AA muxbiriga o‘zbek tilida eksklyuziv intervyu berdi:

- Onam o‘zbek, O‘zbekistonga esa ilk bor kelishim. Bu yerda ekanimdan chin dildan xursandman.

Bugun Yaponiya parlamenti deputati bilan birgalikda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkazib, Yaponiya-O‘zbekiston munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratdik.

O‘tgan yilning dekabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga tashrif buyurib, Bosh vazirimiz Sanae Takaichi xonim bilan uchrashgan edi. Ushbu muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarga yangi sur’at bag‘ishlab, ularni sifat jihatidan yanada yuqori bosqichga olib chiqdi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha bir, besh va o‘n yillik hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

O‘zbekistonga yana tashrif buyurib, ikki tomonlama munosabatlarimizni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga o‘z hissamni qo‘shishni juda ham istardim.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish