Logo

O‘zbekiston va Qozog‘iston chiqindilarni barqaror boshqarish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

May 02, 2026. 17:30 • 2 daq

48
O‘zbekiston va Qozog‘iston chiqindilarni barqaror boshqarish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

OSTONA, 2-may. /“Dunyo” AA/. Mintaqaviy ekologik sammit doirasida Qozog‘istonning “Jasil damu” aksiyadorlik kompaniyasi va O‘zbekiston Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Jasil damu” kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, hujjat chiqindilarni barqaror boshqarish sohasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Memorandumni “Jasil damu” kompaniyasi raisi Yerjan Sarsenbay va Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Sharifbek Hasanov imzoladi.

Memorandum doirasida tomonlar:

• chiqindilarni boshqarish sohasida, jumladan, ishlab chiqaruvchilarning kengaytirilgan majburiyatlari mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashish;

• chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan qo‘shma loyiha va tashabbuslarni rivojlantirish;

• aylanma iqtisodiyot tamoyillarini shakllantirish va ekologik madaniyat darajasini oshirishga ko‘maklashish kabi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, ushbu hujjatning imzolanishi mintaqaviy darajada ekologik barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga ham hissa qo‘shadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish