Logo

“Freedomtravel”: O‘zbek madaniyati va hunarmandchiligi skandinaviyalik sayyohlarni maftun etmoqda

Fevral 01, 2026. 14:00 • 56 soniya

47
“Freedomtravel”: O‘zbek madaniyati va hunarmandchiligi skandinaviyalik sayyohlarni maftun etmoqda

STOKGOLM, 1-fevral. /“Dunyo” AA/. “Freedomtravel” onlayn sayyohlik nashrida O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston shu yil Daniyaning Herning shahrida o‘tkaziladigan anʼanaviy “Danish Travel Show 2026” sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etadi.

“Tarixan Buyuk Ipak yo‘lining markazi sifatida tanilgan O‘zbekiston o‘ziga xos madaniy yo‘nalish sifatida skandinaviya sayyohlari va turizm sohasidagi mutaxassislar eʼtiborini tobora ko‘proq jalb qilmoqda”, - deyiladi maqolada.

Jumladan, Shimoliy Yevropadan kelgan mehmonlar uchun haqiqiy sayohat tajribasini shakllantiradigan boy tarixiy-madaniy meros, anʼana va meʼmoriy yodgorliklarga ega ekanligini maqolada ko‘rsatib o‘tilgan.

Taʼkidlanishicha, afsonaviy qadimiy Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari asosiy turistik diqqatga sazovor joylar bo‘lib, tashrif buyuruvchilarga nafaqat qiziqarli joylarni ziyorat qilish, balki yorqin madaniyat, hunarmandchilik va kundalik hayot bilan tanishish imkonini beradi.

Umuman olganda, nashr xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistonga zamonaviy, xavfsiz va madaniy jihatdan boy sayyohlik yo‘nalishi sifatida qiziqishi ortib borayotganini aks ettiradi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizning yirik xalqaro sayyohlik tadbirlarida ishtirok etishiga, milliy turizm salohiyatini yana-da targ‘ib qilishga va xorijiy bozorlarda uning ijobiy imijini mustahkamlashga yordam beradi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish