Buyuk Britaniyadan munosabat: O‘zbekiston Prezidentining Turkiyaga tashrifi strategik sheriklikda yangi davrni boshlab berdi
Fevral 01, 2026. 12:40 • 2 daq
• 40
LONDON, 1-fevral. /“Dunyo” AA/. Kembrij markaziy Osiyo forumi direktori, professor Siddhart Saksena “Dunyo” AA muxbiriga O‘zbekiston Prezidentining Turkiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi:
– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi o‘zbek-turk strategik sherikligini mustahkamlash va rivojlantirishda muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. Oliy darajadagi muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi hamkorlikning asosiy masalalari muhokama qilingani hamda Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ikki davlat munosabatlari yuksak darajada ekanidan dalolat beradi.
Tashrif davomida ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarga alohida eʼtibor qaratilgani diqqatga sazovordir. Ikki mamlakat yetakchi biznes vakillari istiqbolli investitsiya loyihalari va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Imzolangan hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plami kelgusida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratadi.
Tashrifning eng hayajonli va ahamiyatli voqealaridan biri — 2023 yilgi vayronkor zilziladan jabr ko‘rgan Xatay provinsiyasida “O‘zbekiston” mahallasining ochilishi bo‘ldi. 300dan ortiq xonadonni o‘z ichiga olgan ushbu gumanitar loyiha o‘zbek xalqining qardosh turk xalqi bilan birdamligini hamda jabrlangan hududlarni tiklashga qo‘shgan ulkan hissasini anglatuvchi ramziy maʼnoga ega.
Umuman olganda, Shavkat Mirziyoyevning Anqaraga tashrifi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holatini yana bir bor tasdiqladi va ularning har tomonlama rivojlanishiga yangi surʼat bag‘ishladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
