O‘zbekiston TIV rahbari Portugaliyaning yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Iyul 27, 2026. 18:30 • 55 soniya
• 31
TOSHKENT, 27-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Portugaliyaning mamlakatimizdagi yangi elchisi Sara Martinshni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Portugaliyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sara Martinsh xonimdan ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Joriy yil aprel oyida Lissabonga amalga oshirgan tashrifimiz O‘zbekiston–Portugaliya munosabatlarini yanada rivojlantirish, siyosiy muloqotni faollashtirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olishda muhim qadam bo‘ldi.
Suhbatimizda tashrif doirasida erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish, iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, hududlararo aloqalarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
Elchi xonimga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”.
O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 12-avgust kuni o‘rnatilgan.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi