Logo

O‘zbekiston–Polsha: Plotsk shahri vakillari bilan yangi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi

Mart 17, 2026. 16:41 • 2 daq

41
O‘zbekiston–Polsha: Plotsk shahri vakillari bilan yangi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi

PLOTSK, 17-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Polshaning Mazoviya voyevodaligi Plotsk shahriga tashrif buyurib, shahar meri Anjey Novakovskiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Diplomatlar muloqot davomida Plotsk shahri ma’muriyati vakillari – kotib Albert Dina, xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Dorota Bartosh hamda investorlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Agata Koxanovska bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari haqida suhbatlashdi.

Polsha tomoni Plotsk hamda Olmaliq, Chirchiq, Angren kabi shaharlar o‘rtasida savlo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z tashabbuslarni bildirishdi. Ishtirokchilar 2026-yilda O‘zbekistonga polshalik tadbirkorlardan iborat biznes-missiya delegatsiyasining tashrifini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdi.

Muzokaralar davomida Plotsk shahridagi Mazoviya akademiyasi bilan hamkorlik o‘rnatish, davlat boshqaruvining mahalliy va quyi bo‘g‘inlaridagi vakolatli tuzilmalar o‘rtasida tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish tashabbuslari ilgari surildi.

Shahar infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, shaharsozlikni rejalashtirish, madaniyat, sport va tibbiyot sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Tashrif davomida diplomatlar Plotsk sanoat va texnologiya parki faoliyati bilan tanishdi. Tashkilot rahbari Patrisiya Romanovska bilan suhbat davomida O‘zbekistondagi texnologiya parklari, erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish