Logo

Eyndxovendagi o‘zbek ayollari O‘zbekiston madaniyatini targ‘ib qildi

Mart 11, 2026. 16:00 • 2 daq

190
Eyndxovendagi o‘zbek ayollari O‘zbekiston madaniyatini targ‘ib qildi

EYNDXOVYEN, 13-mart. /“Dunyo” AA/.Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida keng nishonlangan Xalqaro ayollar kunida mazkur mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ham munosib ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir davomida turli xalqaro ayollar tashkilotlari, jamiyatlari va jamoat guruhlari o‘z faoliyati, madaniy merosi va ijtimoiy tashabbuslarini taqdim etdi.

Xususan, Benilyuks mamlakatlaridagi O‘zbekistonlik ayollar jamiyati a’zolari faol ishtirok etib, milliy madaniyat va an’analarni keng auditoriyaga taqdim etdi. Bu sa’y-harakatlar O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosini tanitish, turizm imkoniyatlarini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bayram doirasida O‘zbekiston madaniyatiga bag‘ishlangan maxsus burchak tashkil etilib, milliy an’analar, hunarmandchilik namunalari, turistik bukletlar va milliy liboslar namoyish etildi.

Shuningdek, Eyndxovenda istiqomat qilayotgan vatandoshimiz Gulbahor Djalilova o‘z ijodiy asarlari bilan mehmonlarni tanishtirdi. Ishtirokchilarga O‘zbekiston haqida keng ko‘lamdagi ma’lumot beruvchi flayerlar tarqatildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish