“RBK” AA: Qoraqalpog‘istonda qiymati 5,1 milliard dollarlik mayning loyihasi amalga oshirilmoqda
Sentabr 16, 2026. 11:00 • 2 daq
• 1
MOSKVA, 16-sentabr. /“Dunyo” AA/. Qoraqalpog‘istonda umumiy qiymati 5,11 milliard dollarga teng bo‘lgan “Bes Qala Mining Valley” maxsus mayning hududini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Rossiyaning “RBK” axborot agentligiga tayanib.
Loyihada kriptoaktivlar mayningi uchun data-markazlar qurish ko‘zda tutilgan bo‘lib, u hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va “yashil” energetikani rivojlantirishga qaratilgan.
Mayning hududi ishtirokchilari 2035-yil 1-yanvarga qadar mayningdan olinadigan daromadlar bo‘yicha soliq solishdan ozod etiladi. Yagona energetika tizimidan yoki qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, jumladan, vodorod elektr stansiyalaridan elektr energiyasi olish imkoniyati ko‘zda tutilgan.
Hududning energetika infratuzilmasini rivojlantirish doirasida “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 3,3 milliard dollar bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi ham amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi raqamli infratuzilma va “yashil” energetikani rivojlantirishga, investitsiyalarni jalb etishga hamda Qoraqalpog‘istonning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi