Iordaniya OAV: Toshkent xalqaro investitsiya forumi investorlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi
Aprel 18, 2026. 13:00 • 2 daq
• 303AMMAN, 17-aprel. /“Dunyo” AA/. Iordaniyaning nufuzli “Jordan Times” gazetasi va «Petra» axborot agentligi shu yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrning ma’lum qilishicha, “Investitsiya barqarorligi: yangi ufuqlar, yangi sherikliklar” shiori ostida o‘tadigan forum davlat rahbarlari, hukumat a’zolari, yetakchi moliyaviy ekspertlar va xalqaro investorlarni bir maydonga jamlashi kutilmoqda.
Maqolada yozilishicha, forum global iqtisodiy noaniqlik sharoitida kapitalni himoya qilish, rivojlanayotgan bozorlar barqarorligini oshirish va yangi logistik yo‘laklarni ochish kabi strategik masalalarga qaratilgan.
Gazetada O‘zbekistonning makroiqtisodiy muvaffaqiyatlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Xususan, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat YAIM hajmi 7,7 foizga o‘sib, 147 milliard dollardan oshgani – Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri ekani qayd etilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi 201-yildagi 4 milliard dollardan 2025-yilga kelib 42 milliard dollargacha o‘sgani mamlakat iqtisodiyoti sifat jihatidan yangi bosqichga chiqqanidan dalolat beradi.
“Jordan Times” nashrining xulosa qilishicha, Toshkent xalqaro investitsiya forumi aniq kapitalni iqtisodiyotga jalb etishda samarali mexanizm bo‘lishi mumkin. Qisqa qilib aytganda, Toshkent xalqaro investitsiya forumi xalqaro investorlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi

