Qirg‘iz OAV: Islom sivilizatsiyasi markazini butunjahon eʼtirof etmoqda
Mart 28, 2026. 12:30 • 2 daq
• 78
BISHKEK, 28-mart. /“Dunyo” AA/. Qirg‘izistonning “Alliance-press.kg” axborot portalida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida tahliliy maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqola taʼkidlashicha, ushbu markaz loyihasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan amalga oshirilgan va 40 nafardan ortiq mamlakat mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqilgan.
Ushbu mega-loyiha xalqaro gumanitar, ilmiy va madaniy majmua sifatida amalga oshirildi. Bir yil ichida markaz binosi to‘liq qurib bitkazildi va uning ekspozitsiyalari hamda ilmiy mazmuni sezilarli darajada boyitildi.
Portalda qayd etilishicha, markaz muzey ekspozitsiyalari, ilmiy tadqiqotlari, taʼlim dasturlari va raqamli texnologiyalarni birlashtirib, sivilizatsiyalararo muloqot uchun zamonaviy platformaga aylanmoqda. Shuningdek, tarixiy-madaniy merosni tiklashga hissa qo‘shadigan 2 mingdan ortiq noyob artefakt va qo‘lyozmalar mamlakatga qaytarilmoqda.
Xalqaro yetakchilar markazga tashrif buyurganida, uning islom sivilizatsiyasining insonparvarlik mohiyatini namoyish etadigan va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni mustahkamlashga xizmat qiladigan makon ekanini taʼkidlashgan.
Muallif fikriga ko‘ra, ushbu megaloyiha allaqachon global madaniy va ilmiy hamkorlikning muhim elementiga aylanib, jahon hamjamiyati tomonidan keng eʼtirof etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi