Logo

Moskvada talabalar festivalida Navro‘z bayrami nishonlandi

Mart 28, 2026. 11:30 • 55 soniya

200
Moskvada talabalar festivalida Navro‘z bayrami nishonlandi

MOSKVA, 28-mart. /“Dunyo” AA/. Moskva davlat fuqarolik aviatsiya texnika universitetida xalqaro talabalar festivali davomida Navro‘z bayrami nishonlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda turli mamlakatlardan kelgan talabalar o‘z vatandoshlari madaniyati, anʼanalari va milliy urf-odatlarini namoyish etdi.

Festival doirasida Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston madaniyati va milliy qadriyatlariga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazma tashkil qilindi. Unda Moskvada tahsil olayotgan o‘zbek talabalari Navro‘z bayrami anʼanalari va urf-odatlarini keng taqdim etdi.

Talabalar Navro‘z tarixiy mohiyati, qadimiy urf-odatlar va milliy taomlar haqida maʼlumot berishdi, milliy raqs va qo‘shiqlar ijro etdi. Bu ijodiy chiqishlar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi va bayram ruhini his qilish imkonini berdi.

Festival yakunida mehmonlar boshqa mamlakatlar ko‘rgazmalari bilan tanishib, milliy hunarmandchilik, kiyimlar, ishlanmalar va milliy taomlaridan bahramand bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish