O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik kengaytirilmoqda

Avgust 13, 2026. 16:00 • 2 daq

45

MASKAT, 13-avgust. /“Dunyo” AA/. “IT Park Uzbekistan” delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga tashrif buyurib, axborot texnologiyalari va innovatsiyalar yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida O‘mon Transport, kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari vazirligi, Investitsiyalar boshqarmasi hamda mahalliy texnologik kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar “IT Park Uzbekistan”ning “Land of Startups” dasturi doirasidagi hamkorlik, O‘zbekiston startaplarini O‘mon bozoriga olib chiqish hamda qo‘shma biznes-missiya tashkil etish masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralarda yarimo‘tkazgichlar, sunʼiy intellekt, kvant texnologiyalari va robototexnika bo‘yicha sheriklik loyihalari, startaplarni inkubatsiya va akseleratsiya qilish borasida tajriba almashish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, kompaniyalarning mintaqaviy bosh qarorgohlarini O‘zbekistonda joylashtirish maqsadida “SPV”lar yoki qo‘shma korxonalar tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

O‘mon tomoni 22–25-sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “ICTWeek” tadbirida ishtirok etishga taklif qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish