Logo

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi O‘zbekiston hududlari bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor

Mart 13, 2026. 16:17 • 1 daq

90
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi O‘zbekiston hududlari bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor

KRASNOYARSK, 13-mart. /“Dunyo” AA/.O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatorining birinchi o‘rinbosari Sergey Ponomarenko bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda Sergey Ponomarenko Bosh konsulxonaga Krasnoyarsk o‘lkasining O‘zbekiston bilan ikki tomonlama aloqalarini mustahkamlashda ko‘rsatayotgan yordami, jumladan, Krasnoyarskdagi o‘zbeklarning mintaqaviy milliy-madaniy avtonomiyasini

qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

2025-yil noyabr oyida Krasnoyarsk o‘lkasi rasmiy delegatsiyasi va biznes missiyasining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari, o‘tkazilgan taqdimot, shuningdek, Sirdaryo, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari bilan hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlar alohida ta’kidlandi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari, jumladan, 2026-yil iyul oyida bo‘lib o‘tadigan “Qovun sayli” festivalida Farg‘ona viloyatining “Qirgullari” raqs ansamblining O‘zbekistonning sayyohlik va madaniy salohiyati taqdimoti bilan ishtirok etishi alohida muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish