Kuvayt delegatsiyasi Qoraqalpog‘istonda ijtimoiy loyihalar va xayriya aksiyalarini amalga oshirmoqda

Oktabr 28, 2026. 18:00 • 2 daq

• 102

NUKUS, 28-oktabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 25–26-oktabr kunlari O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi tashabbusi bilan Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Kuvaytning “Shayx Abdulloh an-Nuri” xayriya jamiyati va “Euro Sky Investment” kompaniyasi rahbarlaridan iborat delegatsiya Qoraqalpog‘istonning Shumanay va Kegeyli tumanlarida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ikki kunlik safar davomida kuvaytlik hamkorlar ushbu tumanlardagi qator ijtimoiy obyektlar bilan bevosita tanishib, ularni rekonstruksiya qilish va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash yuzasidan muzokaralar o‘tkazdilar.

Xususan, Shumanay tumanidagi kasb-hunar texnikumini zamonaviy laboratoriya uskunalari va diagnostika vositalari bilan jihozlash, Kegeyli tumanidagi 350 o‘rinli kasb-hunar texnikumini ta’mirlash hamda yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Shumanay tumanidagi “Mayli Uzek” tibbiy ambulatoriyasining holati o‘rganilib, muassasani ta’mirlash yoki yangi tibbiy obyekt barpo etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida har ikki tumanda ichimlik suvi quduqlarini tashkil etish, suv chiqarish inshootlari va tozalash tizimlarini barpo etish masalalari o‘rganildi. 

Kegeylida esa nogironligi bo‘lgan 10 nafar ehtiyojmand fuqaroning uy-joylarini ta’mirlash va ularning harakatlanishi uchun qulay sharoitlarga moslashtirish bo‘yicha yangi grant loyihasini amalga oshirish istiqbollari belgilandi.

Tashrif doirasida xayriya tadbirlari ham tashkil etildi. Shumanay tumanidagi kasb-hunar texnikumi va 7-sonli maktabning 35 nafar iqtidorli o‘quvchisiga o‘quv jihozlari va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, ikki tumandagi 240 ta oilaga bir oylik oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat xayriya to‘plamlari tarqatildi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi ijtimoiy sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda grant mablag‘larini jalb etgan holda yangi amaliy loyihalarni hayotga tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish