O‘zbekiston va Chexiya Bosh vazirlari Toshkent texnoparkiga tashrif buyurdi
Aprel 30, 2026. 14:26 • 2 daq
• 149TOSHKENT, 30-aprel. /“Dunyo” AA/. Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent texnoparki faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu zamonaviy sanoat majmuasi Prezident qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yuqori talabga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan.
Texnopark hududida umumiy qiymati taxminan 500 million dollar bo‘lgan 20 ta ishlab chiqarish korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ularda 5 mingdan ortiq ishchi va mutaxassislar mehnat qilmoqda.
Tashrif davomida mehmonlarga turli yuqori texnologiyali mahsulotlar, jumladan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, lift va eskalatorlar, nasos uskunalari, sanoat qozonlari va sovitish tizimlari namoyish etildi.
Mazkur texnopark “Samsung Electronics”, “Ferroli” va “Pietro Fiorentini” kabi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.
Mahsulotlar xorijiy brendlar ostida, ularning nazoratida ishlab chiqariladi va ichki bozor bilan birga 10 ta mamlakatga eksport qilinadi.
Tashrif yakunida mehmonlar O‘zbekistonning sanoat imkoniyatlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va sifatiga yuqori baho berdi
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi




