Xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar soni qisqarmoqda
May 15, 2026. 14:25 • 55 soniya
• 34
TOSHKENT, 15-may. /“Dunyo” AA/. 2026-yilning yanvar–mart oylarida 5862 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida xorijga safar qilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra , bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 ming kishiga yoki 21,2 foizga kam. Mutaxassislar bu dinamikani mamlakatda yuqori sifatli taʼlim olish imkoniyatlarining kengayishi, mahalliy universitetlarda qo‘shma xalqaro dasturlar sonining ko‘payishi bilan izohlamoqda.
O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida eng ko‘p borgan davlatlar:
Rossiya – 1241 nafar,
Koreya Respublikasi – 1131,
Qirg‘iziston – 1059,
Xitoy – 424,
Turkiya – 423,
Tojikiston – 381,
Buyuk Britaniya – 292.
Boshqa davlatlar – 911 nafar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




