Logo

O‘zbekiston TIV Afg‘oniston va Pokistonni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga, imkon qadar vazminlik ko‘rsatishga va keskinlikning yana-da kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi

Fevral 27, 2026. 20:41 • 37 soniya

25
O‘zbekiston TIV Afg‘oniston va Pokistonni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga, imkon qadar vazminlik ko‘rsatishga va keskinlikning yana-da kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi

TOSHKENT, 27-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston va Pokiston chegarasidagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan chuqur xavotir bildirgan rasmiy bayonot bilan chiqdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“O‘zbekiston Respublikasi Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi chegara hududida vaziyatning keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildiradi, – deyiladi hujjatda. – Biz tomonlarni darhol otishmani to‘xtatishga, vazminlikka hamda keskinlikning yana-da kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni yuzaga keladigan barcha kelishmovchiliklar faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy va diplomatik muloqotlar orqali, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va o‘zaro hurmat prinsiplari asosida hal etilishi lozimligini yana bir bor taʼkidlaydi”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish