O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan Dubrovnik forumida ishtirok etdi va nutq so‘zladi

Iyun 26, 2026. 22:15 • 2 daq

8
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan Dubrovnik forumida ishtirok etdi va nutq so‘zladi

TOSHKENT, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi xalqaro anjumanda ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Tashrifimiz doirasida Dubrovnik forumida ishtirok etdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Avvalo, Xorvatiya Respublikasi tashqi va Yevropa ishlari vaziri Gordan Grlich Radman janoblariga ushbu forumga taklif etgani uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Bu yilgi forum “Ko‘p qutblilik davri: ko‘plab yo‘nalishlar, yagona kelajak” mavzusida o‘tayotgani bilan ahamiyatlidir. Chunki unda energetika xavfsizligi, muhim xomashyo resurslari uchun raqobat, iqlim o‘zgarishi hamda sun’iy intellektning global taraqqiyotga ta’siri kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, energetika xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan panel sessiyasida asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etdik.

Dubrovnik forumi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy global chaqiriqlarga birgalikda yechim izlash va mamlakatlar o‘rtasida konstruktiv muloqotni rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish