O‘zbekiston va Singapur TIV rahbarlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar
Iyun 22, 2026. 16:00 • 2 daq
• 100
TOSHKЕNT, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Singapur tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Cingapur Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan janoblari bilan samimiy va samarali muzokaralar o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Avvalo, delegatsiyamizga ko‘rsatilgan iliq qabul va samimiy mehmondo‘stlik uchun Cingapur tomoniga minnatdorligimizni izhor etdik.
O‘zbekiston va Cingapur o‘rtasidagi munosabatlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat, ishonch va manfaatlar mushtarakligi asosida izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdik.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantirish hamda qo‘shma loyihalarni ko‘paytirish istiqbollarini muhokama qildik.
Oliy darajadagi muloqotlarni davom ettirish, 2027-yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini munosib nishonlash, shuningdek, turli darajadagi tashriflar kun tartibini tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
Mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdik.
Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo o‘rtasidagi muloqotni kengaytirish, ASEAN bilan amaliy hamkorlikni mustahkamlash hamda ko‘p tomonlama diplomatiya doirasidagi sheriklikni chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanimizni ta’kidladik”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi