O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Singapur barqaror rivojlanish va atrof-muhit vaziri bilan uchrashdi

Iyun 22, 2026. 14:00 • 57 soniya

147
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Singapur barqaror rivojlanish va atrof-muhit vaziri bilan uchrashdi

TOSHKЕNT, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Singapurning barqaror rivojlanish va atrof-muhit vaziri Greys Fu bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Singapur barqaror rivojlanish va atrof-muhit vaziri Greys Fu xonim bilan samimiy va mazmunli muzokaralar o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbatimizda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, “yashil” iqtisodiyot va suv resurslarini samarali boshqarish sohalaridagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdik.

Singapurning ekologik barqarorlikni ta’minlash va innovatsion yondashuvlarni joriy etish borasidagi ilg‘or tajribasi mamlakatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladik”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish