O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Rossiya elchisini qabul qildi
Sentabr 28, 2026. 20:45 • 49 soniya
• 16
TOSHKЕNT, 28-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya elchisi Aleksey Yerxovni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Bugun vazirlikda Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Aleksey Yerxovni qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston–Rossiya kun tartibidagi dolzarb masalalar, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, bo‘lajak ikki tomonlama muloqotlarni muhokama qildik.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni izchil ilgari surish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettiramiz”.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi