Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vashingtondagi muhim minerallar bo‘yicha vazirlik majlisida ishtirok etdi

Fevral 05, 2026. 11:18 • 44 soniya

46
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vashingtondagi muhim minerallar bo‘yicha vazirlik majlisida ishtirok etdi

TOSHKENT, 5-fevral. /“Dunyo" AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vashingtonda muhim minerallar bo‘yicha vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Muhim va dolzarb masalalarga bag‘ishlangan O‘ta muhim minerallar bo‘yicha Vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdik. Mazkur platforma barqaror va xavfsiz o‘ta muhim minerallar taʼminot zanjirlarining kelajagini muhokama qilish uchun hamkorlarni bir joyga jamladi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri telegram-kanalida. – O‘zbekiston ushbu sohada salmoqli salohiyatga ega bo‘lib, o‘z sanoatini xalqaro eng yuqori standartlar – shaffoflik, ekologik masʼuliyat va qo‘shimcha qiymat yaratishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tamoyillari asosida rivojlantirishga qatʼiy intiladi.

Xalqaro sheriklar bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, ilg‘or texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, taʼminot zanjirlarining barqarorligini mustahkamlash va toza energetikaga o‘tishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan global saʼy-harakatlarga hissa qo‘shishga tayyor ekanimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish