O‘zbekiston va Pokiston fevral oyida Xitoy va Qirg‘iziston orqali yangi transport koridori bo‘ylab pilot tashishlarni amalga oshiradi
Fevral 05, 2026. 10:02 • 43 soniya
• 115TOSHKENT, 5 fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Islomobodda Pokiston temir yo‘llari vaziri o‘rinbosari Mazhar Ali Shoh bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Transport vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, uchrashuvda “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini (TIA) ishlab chiqish uchun dala tadqiqotlarini boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, muzokaralar davomida “Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” yangi transport koridorini tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Tomonlar joriy yilning fevral oyida ushbu yo‘nalish bo‘yicha ilk pilot yuk tashishlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Mamlakatimizning yirik transport-ekspeditorlik kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaning Pokistonga tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasidagi transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va mintaqaviy bog‘liqlikni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi



