O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Singapurda global investitsiya kompaniyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Iyun 22, 2026. 12:30 • 57 soniya

137

TOSHKЕNT, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Singapurga tashrifi doirasida “Temasek Holdings” investitsiya kompaniyasining bosh ijrochi direktori Dilxan Pillay Sandrasegara bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bosh qarorgohi Singapurda joylashgan “Temasek Holdings” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Dilxan Pillay Sandrasegara janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Kompaniyaning jahon investitsiya bozorlaridagi katta tajribasi va uzoq muddatli rivojlanishga yo‘naltirilgan yondashuvi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bilan hamohang ekanini ta’kidladik.

Suhbatimiz davomida qator yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik salohiyati yuzasidan fikr almashdik”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish