Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Madridda Ispaniya Senati raisining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi

Aprel 07, 2026. 16:56 • 59 soniya

27
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Madridda Ispaniya Senati raisining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi

MADRID, 7-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ispaniyaga tashrifi doirasida bugun qirollik Senati raisining birinchi o‘rinbosari Xavyer Ignasio Maroto bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Madrid shahrida Ispaniya Senati raisining birinchi o‘rinbosari Xavyer Ignasio Maroto janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, qonun chiqaruvchi idoralar o‘rtasida muntazam almashinuvlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.

Shu o‘rinda aloqalarimizda, ayniqsa iqtisodiy diplomatiya yo‘nalishida ro‘yobga chiqarilishi zarur bo‘lgan ulkan salohiyat mavjudligini taʼkidladik.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq o‘tmishga borib taqaladigan sheriklik o‘zaro hurmat, ishonch va umumiy qadriyatlar ruhida mustahkamlanib boraveradi”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish