O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi bilan uchrashdi
Aprel 07, 2026. 16:16 • 57 soniya
• 28
VASHINGTON, 7-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh poytaxtida Amerika - O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi, elchi Serjio Gor bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“AQSh poytaxtida hamkasbim, Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi, elchi Serjio Gor bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi bugun O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Unda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ishbilarmonlik hamkorligining asosiy masalalarini muhokama qildik. Uchrashuv Kengash faoliyati rasman boshlanishi arafasida bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tuzilma O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi biznes aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan samarali maydonga aylanishi shubhasiz. Bunga mamlakatlarimiz Prezidentlarining qatʼiy siyosiy irodasi mustahkam zamin yaratmoqda.
Ishbilarmonlik dasturi davom etmoqda”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi