Logo

Saudiya Arabistoni Elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Dekabr 25, 2025. 14:54 • 36 soniya

528
Saudiya Arabistoni Elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

TOSHKENT, 25-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizdagi missiyasini yakunlayotgan Saudiya Arabistoni elchisi Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Mamlakatimizdagi faoliyatini yakunlayotgan Saudiya Arabistoni Podshohligining elchisi Yusuf fl-Utaybiy janoblari bilan uchrashdik, ­ – deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat jarayonida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo va investitsiya hamkorligini kengaytirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.

Elchi janoblariga mamlakatimizdagi fidokorona faoliyati uchun samimiy minnatdorlik bildirilib, kelgusida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”.

Eslatib o‘tamiz, Yusuf al-Utaybiy 2021 yil 27 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidentiga Saudiya Arabistoni elchisi sifatida ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish