Logo

“The Herald Scotland”: O‘zbekistonda taʼlim sohasi milliy ustuvor yo‘nalishga aylanmoqda

Fevral 06, 2026. 14:00 • 49 soniya

68
“The Herald Scotland”: O‘zbekistonda taʼlim sohasi milliy ustuvor yo‘nalishga aylanmoqda

GLAZGO, 7-fevral. /“Dunyo” AA/. Shotlandiyaning nufuzli “The Herald Scotland” gazetasida O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va yosh avlod taʼlimiga qaratilayotgan davlat siyosati haqida tahliliy maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashr Glazgo universitetida (University of Glasgow) “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati sifatida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilar — Marjona Meyliyeva, Saltanat Ismailova va Zulxumor Raxmonovaning muvaffaqiyatlariga to‘xtalgan. Talabalar xorijda orttirgan tajribalari va ushbu stipendiya ularning ilmiy hamda kasbiy rivojlanishida qanday muhim rol o‘ynagani haqida so‘zlab berganlar.

Maqolada taʼkidlanishicha, “El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida o‘zbekistonlik iqtidorli yoshlar dunyoning yetakchi universitetlarida bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida jamiyatni modernizatsiya qilish va mamlakatda uzoq muddatli strategik islohotlarni amalga oshirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Britaniya nashri O‘zbekiston aholisining katta qismini yoshlar tashkil etishini qayd etar ekan, taʼlim va inson kapitaliga tikilayotgan sarmoyalarni barqaror rivojlanish hamda global miqyosda raqobatbardoshlikni taʼminlashning asosiy manbai sifatida baholagan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish