Misrda vafot etgan hamyurtimizning jasadi Vatanga qaytarildi
Fevral 25, 2026. 14:59 • 29 soniya
• 1
QOHIRA, 25-fevral. /“Dunyo” AA/. Elchixona diplomatlari tomonidan Misrda yurak xuruji bilan vafot etgan surxondaryolik 38 yoshli O‘zbekiston fuqarosi B.Aning jasadi vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mudhish voqea haqida xabar olinishi bilan elchixona masʼullari tegishli mahalliy idoralar bilan aloqa o‘rnatib, barcha zarur hujjatlarni tezkor ravishda rasmiylashtirish choralari ko‘rilgan.
Shu bilan birga marhumaning Misrdagi oila aʼzolariga alohida eʼtibor qaratildi. Elchixona aviakompaniya hamda marosim xizmatlari bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlarida ham ko‘maklashdi.
Marhumaning oilasi xohishiga ko‘ra, uni milliy anʼanalarga muvofiq dafn etish uchun jasadning O‘zbekistonga yetkazilishi taʼminlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
