Misrdagi vatandoshlar uchun xayriya uchrashuvi tashkil etildi
Iyun 03, 2026. 11:55 • 2 daq
• 74QOHIRA, 3-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan muborak Qurbon hayiti munosabati bilan vatandoshlar uchun xayriya ehson dasturxoni yozildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Qohira shahrida tashkil etilgan ushbu tadbirda Misrda vaqtincha yashab va faoliyat yuritayotgan 60 nafarga yaqin yurtdoshlar, jumladan, keksa avlod vakillari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj shaxslar, talabalar, yosh olimlar hamda oilasi bilan istiqomat qilayotgan hamyurtlarimiz ishtirok etdi.
Uchrashuvda elchixona diplomatlari ishtirokchilarni muqaddas Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etib, ushbu ayyom jamiyatda mehr-oqibatni mustahkamlash, saxovat va bag‘rikenglik kabi ezgu fazilatlarni qaror toptirishda beqiyos ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bayram munosabati bilan xalqimizga yo‘llagan tabrigida qayd etilganidek, bu qutlug‘ kunlar insonlarni yaxshilikka chorlash, muhtojlarga beminnat yordam ko‘rsatish, jamiyatda tinchlik-totuvlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
O‘z navbatida, tadbirda so‘zga chiqqan vatandoshlar O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, mehr-shafqat va saxovat muhitini qaror toptirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasida bolalar o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha tanlov tashkil etildi





