O‘zbekiston–Vyetnam o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik rivojlantiriladi
Dekabr 25, 2025. 18:19 • 1 daq
• 247XANOY, 27-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Vyetnam o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xanoy shahrida tashkil etilgan tadbir O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov va Vyetnam sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Fan Txi Txang hamraisligida o‘tkazildi.
Muloqot jarayonida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, savdo ko‘rsatkichlarida barqaror o‘sish dinamikasini taʼminlash hamda O‘zbekistonning eksport mahsulotlari ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Tadbir kun tartibida O‘zbekiston va Vyetnam o‘rtasida agrasanoat majmui, neft-kimyo, yengil sanoat, transport, logistika, infratuzilma, turizm sohalarida hamkorlikni faollashtirish mavzulari alohida o‘rin egalladi.
Yig‘ilish yakunida Hukumatlararo qo‘shma komissiya
8-yig‘ilishining Bayonnomasi imzolandi.
Mazkur hujjatda tomonlar o‘rtasida muhokama qilinayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar majmui aks ettirildi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari “Vingroup”, “Rox Group”, “Sovico”, “Masan”, “Lizen” kabi Vyetnamning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Vyetnam to‘qimachilik sanoati uyushmasi vitse-prezidenti Truong Van Kam bilan ham muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralar chog‘ida kapital qurilish, shahar infratuzilmasini rivojlantirish, kon-tog‘ sanoati, logistika, turizm, agrosanoat va oziq-ovqat ishlab chiqarish sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi

