Logo

“Baghdad International Fair” xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi

Dekabr 27, 2025. 09:15 • 32 soniya

201
“Baghdad International Fair” xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi
“Baghdad International Fair” xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi
“Baghdad International Fair” xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi
“Baghdad International Fair” xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi

BAG‘DOD, 27-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov boshchiligidagi biznes-delegatsiya Iroq ko‘rgazmalari va tijorat xizmatlari davlat kompaniyasi rahbari Mustafo al-Ani bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida “Baghdad International Fair” ko‘rgazmasida O‘zbekiston pavilyonini tashkil etish masalalari batafsil muhokama etildi.

Shuningdek, delegatsiyamiz vakillari Bag‘dod xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkaziladigan hududda O‘zbekiston pavilyoni uchun ajratilishi mumkin bo‘lgan 607 kvadrat metrlik alternativ 3 ta maydonni ko‘zdan kechirdi.

2026-yilning 1-7-fevral kunlari Bag‘dod shahrida bo‘lib o‘tadigan “Baghdad International Fair” xalqaro ko‘rgazmasida yurtimiz delegatsiyasi “Made in Uzbekistan” milliy brendi ostida ishtirok etishi rejalashtirilgan.  

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish