Logo

O‘zbekiston mahsulotlarini Norvegiya bozoriga eksport qilish imkoniyati ko‘rib chiqildi

Mart 06, 2026. 16:37 • 2 daq

103
O‘zbekiston mahsulotlarini Norvegiya bozoriga eksport qilish imkoniyati ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston mahsulotlarini Norvegiya bozoriga eksport qilish imkoniyati ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston mahsulotlarini Norvegiya bozoriga eksport qilish imkoniyati ko‘rib chiqildi

OSLO, 7-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi (qarorgohi Stokgolmda) Rahmatulla Nurimbetov diplomatlari Oslo shahriga uyushtirgan xizmat safari davomida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi, Parlamenti va Adliya vazirligida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama siyosiy muloqotni jadallashtirish, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish hamda migratsiya va readmissiya sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mintaqalararo hamkorlikning yangi “Nordik – Markaziy Osiyo” sheriklik formatini shakllantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Elchi Raxmatulla Nurimbetov Norvegiya tashqi ishlar vaziri Espen Bart Eyde bilan suhbat o‘tkazib, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlari haqida fikr almashdi.

Iqtisodiy yo‘nalishda Xalqaro migratsiya tashkilotining Oslodagi missiyasi va Norvegiya ishbilarmon doiralari, xususan, Sharqiy savdo palatasi, “QM Soft Norway” va “Exotic Fruits” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muloqotlar markazida xavfsiz mehnat migratsiyasini tashkil etish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kuchaytirish hamda O‘zbekistonning sarhil meva-sabzavot va boshqa milliy mahsulotlarini Norvegiya bozoriga eksport qilish imkoniyatlari turdi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik diplomatlar Marti Axtisaari fondi va Norvegiya TIV qoshidagi mojarolarni hal qilish markazi (NOREF) tomonidan tashkil etilgan “Markaziy Osiyo davlatlari “aql markazlari” uchun tanishuv tashrifi” doirasidagi tadbirlarda ham ishtirok etdi.

Ushbu tashrif Shimoliy Yevropaning ilg‘or tajribasini o‘rganish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda ilmiy-tahliliy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish