Tashqi ishlar vazirligida “O‘zbekiston yosh diplomatlari klubi”ning anjumani o‘tkazildi
Dekabr 22, 2025. 16:16 • 53 soniya
• 240
TOSHKENT, 22-dekabr. / “Dunyo”/. Joriy yilning 19-dekabr kuni O‘zbekiston, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati, diplomatlar hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev so‘zga chiqib, yoshlarga Davlatimiz Rahbari tomonidan belgilab berilgan, izchil amalga oshirilayotgan tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlari, o‘zbek diplomatiyasining so‘ngi yillardagi yutuqlari, mamlakatimizning mintaqaviy va global jarayonlarda tobora oshib borayotgan o‘rni hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida ilgari surilayotgan konstruktiv tashabbuslar haqida maʼlumot berdi.
Shuningdek, klub aʼzolariga diplomatik faoliyatning asosiy jihatlari, kasbiy imkoniyatlari, xalqaro muloqotdagi roli to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. “O‘zbekiston yosh diplomatlari klubi” yoshlarda masʼuliyat, vatanparvarlik va professional diplomatik yondashuvni shakllantirishga xizmat qilishiga alohida urg‘u berildi.
Shu bilan birga, klubning o‘tgan davrdagi faoliyati sarhisob qilinib, istiqboldagi rejalar taqdim etildi. Yoshlarni tashqi siyosat sohasiga qiziqtirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi. Klub Ijro kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi, uning yangi aʼzolariga guvohnomalar topshirilib, 2026-yilgi chora-tadbirlar rejasi bo‘yicha takliflar shakllantirildi.
“Dunyo” AA olgan surat.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
TIVda Tojikistonning yurtimizdagi elchisi bilan 2025-yil yakunlari sarhisob qilindi
TIV huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi