O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Tehronda Eron madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri bilan uchrashdi
Avgust 19, 2026. 17:30 • 57 soniya
• 17
TOSHKENT, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. Tehron shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev bugun Eron madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri Sayyid Rizo Solihiy-Amiriy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida madaniy-gumanitar sohadagi O‘zbekiston-Eron hamkorligining joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Ikki mamlakatning umumiy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash va ommalashtirish, turistik almashinuvlarni rivojlantirish, tegishli muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, madaniyat va turizm sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirish va tegishli idoralar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirishdan manfaatdor ekanligini taʼkidladi.
“Dunyo” AAolgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi