Logo

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi

Fevral 27, 2026. 07:40 • 42 soniya

41
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
“Dunyo” AA surati

TOSHKENT, 27-fevral. /“Dunyo” AA/. Kecha London shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Buyuk Britaniya tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot davlat kotibi Ivett Kuper o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Ivett Kuper bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha samarali va mazmunli muzokaralar olib borildi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. – Muhokamalar savdo va investitsiyalar, infratuzilmani barqaror rivojlantirish, energetika sohasidagi hamkorlik va mintaqaviy bog‘liqlikni o‘z ichiga olgan ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga qaratildi.

Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, “yashil” moliyalashtirish vositalaridan samarali foydalanish, taʼlim va akademik almashinuvlarni kengaytirish orqali amaliy natijalarga yo‘naltirilgan Anglashuv memorandumlarini imzoladik”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish