Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari rahbarligida ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi

Iyul 15, 2026. 11:00 • 2 daq

106
Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari rahbarligida ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 15-iyul. /“Dunyo” AA/. Kecha Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Turkmaniston delegatsiyasiga esa Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov boshchilik qildi.

“Tor doiradagi muzokaralarimiz yakunlanganidan so‘ng O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Maslahatlashuvlar davomida Davlatlar Rahbarlari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi, ikki tomonlama hamkorlikning barcha ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdik.

Ushbu mexanizm tashqi siyosat idoralarimiz o‘rtasida muntazam muloqotni taʼminlash, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash hamda bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlar uchun mazmunli kun tartibini shakllantirishga xizmat qilmoqda”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish