O‘zbekiston Prezidenti Davlat Ermitajiga tashrif buyurdi
Dekabr 22, 2025. 19:32 • 47 soniya
• 194
TOSHKENT, 22-dekabr. /“Dunyo” AA/. Sankt-Peterburgdagi norasmiy uchrashuvning madaniy dasturi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar rahbarlari bilan birgalikda “Ermitaj” davlat muzeyiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, yetakchilar noyob sanʼat asarlari va madaniyat yodgorliklari to‘plangan ushbu dunyodagi eng yirik muzeylaridan birining ekspozitsiyasi bilan tanishdilar. Tashrif chog‘ida Rossiya va Yevropa tarixi hamda badiiy merosining asosiy bosqichlarini aks ettirgan Bosh muzey majmuasi zallari bilan tanishildi.
Delegatsiyalar rahbarlari Aleksandr zalida bo‘lib, badiiy kumush ekspozitsiyasini ko‘zdan kechirdilar, shuningdek, tantanali marosimlar va rasmiy tadbirlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan Piketlar zali va Gerblar zaliga tashrif buyurdilar.
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan betakror buyumlar saqlanuvchi Oltin xazina, afsonaviy “Tovus” mexanik soati joylashgan Kichik Ermitajning Pavilyonlar zali mehmonlarda alohida qiziqish uyg‘otdi.
Tashrif davomida madaniy muloqotni mustahkamlash, tarixiy merosni asrab-avaylash va Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida gumanitar hamkorlikni rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg shahrida YOII sammitida ishtirok etdi
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi