“RBK”: O‘zbekiston xalqaro aloqalarni mustahkamlash va iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirishni maqsad qilgan

Sentabr 13, 2026. 10:30 • 2 daq

31
“RBK”: O‘zbekiston xalqaro aloqalarni mustahkamlash va iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirishni maqsad qilgan

MOSKVA, 13-sentabr. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning yetakchi multimedia xoldinglaridan biri — “RBK saytida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mirziyoyev O‘zbekistonni xalqaro diplomatiya markaziga aylantirishni rejalashtirmoqda” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyevning ko‘p tomonlama va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettirish, iqtisodiy diplomatiyani esa ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylantirishni maqsad qilgani hadiya yozilgan.

Nashrda qayd etilishicha, bugungi kunda qariyb 170 ta davlat O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan. Shuningdek, mamlakatning yuqori iqtisodiy rejalari — YIM hajmini 2026-yilning o‘zidayoq 160 milliard dollarga va 2030-yilga borib 300 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingani alohida taʼkidlangan.

“RBK” o‘z maqolasi yakunida Toshkentning xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirayotganiga eʼtibor qaratadi. Xususan, savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayayotgani va 5 milliard AQSh dollari miqdoridagi Rossiya investitsiyalari paketi tayyorlanayotgani, shuningdek, Yevropa Ittifoqi bilan savdo, energetika va transport bog‘liqligi sohalarida aloqalar mustahkamlanayotgani urg‘ulangan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish