O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
May 15, 2026. 10:58 • 50 soniya
• 104
TOSHKENT, 15-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, “Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusida o‘tkaziladigan yig‘ilish kun tartibidan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya sohalarida mintaqaviy hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Yetakchilar raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sunʼiy intellektni amalda qo‘llashga alohida eʼtibor qaratadilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




