Logo

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Vashingtonga keldi

Fevral 18, 2026. 10:08 • 27 soniya

95
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Vashingtonga keldi

TOSHKENT, 18-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida amaliy tashrif bilan AQShga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, “Endryus” aviabazasida O‘zbekiston yetakchisini AQSh–O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, Missisipi shtati Milliy gvardiyasi birlashgan shtabi qo‘mondoni Jeyms Xenkins va boshqa rasmiy shaxslar, Vashingtonda ajratilgan qarorgohda esa AQSh Prezidentning maxsus vakili Paolo Zampolli kutib oldi.

AQShga tashrif doirasida Prezidentimiz Tinchlik kengashining birinchi sammiti va bir qator ishbilarmonlik tadbirlarida ishtirok etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish