Logo

Dohada O‘zbekiston–Qatar muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Fevral 17, 2026. 20:35 • 41 soniya

33
Dohada O‘zbekiston–Qatar muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Dohada O‘zbekiston–Qatar muzokaralari bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 17-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev boshchiligidagi delegatsiya Qatarga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Baxromjon Aʼloyev Qatar Taraqqiyot jamg‘armasi (QFFD) bosh direktori Fahad Al-Sulayti hamda “Al Jabor Trading” kompaniyasi asoschisi shayx Navof bin Jabr Al-Tani bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Eslatib o‘tamiz, 16-fevral kuni Doha shahrida O‘zbekiston va Qatar tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuv uchrashuvlarining 4-raundi bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev va Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad Al-Murayxiy boshchilik qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish