Logo

O‘zbekiston Prezidenti Pokistonning “Engro Group” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

Fevral 06, 2026. 17:02 • 28 soniya

5
O‘zbekiston Prezidenti Pokistonning “Engro Group” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

TOSHKENT, 6-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokistonga davlat tashrifi doirasidagi ishbilarmonlik tadbirlari davomida “Engro Group” kompaniyasi raisi Ahsan Zafar Sayid bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, kompaniya Pokistonning energetika xavfsizligiga katta hissa qo‘shib, energetika, neft-kimyo va qishloq xo‘jaligi sohalarida katta tajribaga ega.

Suhbatda Prezidentimi kompaniyaning kimyo sanoatidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, chorvachilikni rivojlantirish va chorva mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha sheriklik uchun katta salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish