Logo

Yoshlar Parlamenti aʼzolari uchun “Parlament maktabi” loyihasi doirasida o‘quv oromgohi tashkil etildi

Dekabr 16, 2025. 09:35 • 2 daq

370
Yoshlar Parlamenti aʼzolari uchun “Parlament maktabi” loyihasi doirasida o‘quv oromgohi tashkil etildi
Yoshlar Parlamenti aʼzolari uchun “Parlament maktabi” loyihasi doirasida o‘quv oromgohi tashkil etildi
Yoshlar Parlamenti aʼzolari uchun “Parlament maktabi” loyihasi doirasida o‘quv oromgohi tashkil etildi

BO‘STONLIQ, 16-dekabr. /“Dunyo” AA/. 2025-yilning 9-14-dekabr kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti aʼzolari uchun “Parlament maktabi” loyihasi doirasida o‘quv oromgohi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur o‘quv oromgohi Yoshlar parlamenti aʼzolarining malakasini oshirish, mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglash, shuningdek, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yoshlar orasida targ‘ib etishga qaratilgan.

Jumladan, ishtirokchilarga sohaning kuchli ekspert va mutaxassislari tomonidan diplomatik protokol va etiket, qonunchilik jarayonda yoshlarning o‘rni, yetakchilik, jamoa bilan ishlash, korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish hamda kiber xavfsizlik kabi muhim yo‘nalishlarda nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi.

“Mazkur loyiha biz yoshlar uchun masʼuliyat va imkoniyatdir. Bu kabi platformalar nafaqat bilimlarimizni boyitadi, balki, do‘stona muloqot va yangi tashabbuslarni shakllantirish uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qiladi. Men ushbu jarayonning faol ishtirokchisi sifatida olingan bilim va ko‘nikmalarni kelgusida yoshlarning manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz yoshlarining rivojiga munosib hissa qo‘shish hamda yoshlarga oid qonunchilik tashabbuslarida ularning ovozi va manfaatlarini ilgari surish yo‘lida amalda qo‘llash niyatidaman”, — deydi Yoshlar parlamenti aʼzosi Ruxshona Abdurazakova.

O‘quv oromgohi davomida ishtirokchilar qonunchilik jarayonlari, parlament nazorati mexanizmlari, yoshlarning davlat boshqaruvidagi o‘rni, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur loyiha yoshlarning siyosiy savodxonligini oshirish, mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish va kelajakda davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi uchun muhim zamin yaratadi.  

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish