"Umra-2025" yangi mavsumi boshlandi
Avgust 16, 2025. 11:44 • 55 soniya
• 488
JIDDA, 16-avgust. /"Dunyo" AA/. Joriy yil 14-avgust kunidan e'tiboran O'zbekiston Din ishlari bo'yicha qo'mita va Musulmonlar idorasi tomonidan tashkil etiladigan "Umra-2025" mavsumi boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Umra" mavsumi boshlanishi munosabati bilan "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Toshkent – Jidda yo'nalishida jami 240 nafar o'zbekistonlik umra ziyoratchilari hamda O'zbekiston ishchi guruh a'zolari Saudiya Arabistoniga yetib keldi.
O'zbekistondan kelgan umra ziyoratchilari Jidda shahridagi Podshoh Abdulaziz xalqaro aeroportining "Shimaliya" terminalida Bosh konsulxona xodimlari va O'zbekiston musulmonlar idorasining hamkori "Marmara Group" kompaniyasi vakillari tomonidan kutib olindi.
"Umra-2025" mavsumi doirasida o'zbekistonlik hojilar uchun Makka va Madina shaharlarida mehmonxonalar, oziq-ovqat va ichki transport vositalari bilan ta'minlash va boshqa barcha qulayliklar yuqori darajada tashkil etilgan.
Umra mavsumida ziyoratchilarni Toshkent – Jidda - Toshkent yo'nalishi orqali Saudiya Arabistoniga olib kelish bilan bog'liq barcha parvozlar "Uzbekistan Airways" AJ aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
O'zbekistonlik ziyoratchilarni tartibli va namunali ibodatlarini tashkil etish masalasi O'zbekiston musulmonlari idorasi va ishchi guruhi a'zolari hamda Bosh konsulxona nazoratiga olingan.
Ta'kidlash joizki, O'zbekiston hukumati tomonidan tashkil etilayotgan "Umra" va "Haj" tadbirlari Saudiya Arabistoni tomonidan yuqori baholanib kelinmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Ayollarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish bo'yicha konferensiya tashkil etildi
O'zbekistonda 21 milliondan ziyod aholi mehnatga layoqatli yoshda